“Turonbank” Islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi bilan 10 mln dollarlik yangi shartnoma imzoladi 

Biznes

image

Barchangizga ma’lumki, kuni kecha poytaxt Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki (IsDB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari hamda soha ekspertlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan qator tadbirlar doirasida 4 sentyabr kuni “Turonbank” ATB Islom savdoni moliyalashtirish korporatsiyasi bilan “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishiga qaratilgan 10 mln AQSH dollarlik yangi shartnomani imzolandi. Bu o‘zaro munosabatlarni taraqqiy ettirish, kutilmagan pandemiyadan keyin o‘zbek biznes doira vakillari, xususan “Turonbank” ATB mijozlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ta muhim yangilik bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz.

Qolaversa, O‘zbekistonda islom moliyasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Sadibaqosovich Mirzayevga “Bank for its partnership with ITFC in SME financing” (“Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishdagi hamkorligi uchun”) yorlig‘ini, Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori Xani Salem Sonbollar tantanali ravishda topshirishdi. 

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida “Turonbank” ATBda Xalqaro standartlarning moliyaviy hisobotlarini joriy etish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish uchun grant ajratish bo‘yicha ham shartnoma imzolandi.

Shuningdek, tadbirlar davomida "Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi Mirzayev Chori Sadibaqosovich va Islamic Corporation for the Development – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokara ham o‘tkazildi.

Qisqa raqam - 1220

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

YouTube'da bizni kuzatib boring.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing