“Turonbank” boşqaruv raisi qölga olingani aytilmoqda
3-sahifa
−
6151 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida “Turonbank” AJ boşqaruvi raisi Çori Sadibaqosoviç Mirzayevga nisbatan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tomonidan tergov olib borilayotgani va qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Boş prokuratura bu haqda hali rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi, biroq uşbu xabarlar fonida “Turonbank” matbuot xizmati bayonot bilan çiqdi.
Bayonotda Çori Mirzayevning qölga olingani tasdiqlanmagan, biroq rad ham etilmagan.
“Sönggi kunlarda bank boşqaruvi raisi bilan boğliq tarqalayotgan xabarlar jamoatçilikda muayyan savollar tuğdirişini mumkinligini tuşunamiz. Şu munosabat bilan ma’lum qilamizki, bank öz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirmoqda. Bank xizmatlari markazlari, ofislar va raqamli platformalar orqali mijozlarga xizmat körsatiş davom etmoqda. Bankning omonatçilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari öz kuçida qoladi”, deyiladi bank e’lon qilgan bayonotda.
Şuningdek, qayd etilişiça, “Turonbank” faoliyati korporativ boşqaruv, içki nazorat va amaldagi qonunçilik talablari asosida taşkil etilgan. Bank jamoasi öz zimmasidagi vazifalarni mas’uliyat bilan bajariş, xizmatlar sifatini yanada oşiriş va mijozlar manfaatlarini ta’minlaş yölidagi faoliyatini davom ettiradi.
“Biz uçun mijozlarimiz işonçi katta mas’uliyatdir. Sizlarning fikr-mulohazalaringiz, savol va takliflaringiz biz uçun muhim. Şu bois, sizlar bilan oçiq muloqotni davom ettiramiz va kelib tuşayotgan murojaatlarni e’tibor bilan körib boramiz”, deyiladi bayonotda.
Ma’lumot uçun, Çori Mirzayev 1971 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tuğilgan. 1995 yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritadi. 2021 yilda “Sodiq xizmatlari uçun” medalini olgan. U 2016 yilning sentyabr oyidan buyon “Turonbank” boşqaruv raisi lavozimida işlab kelayotgan edi. Çori Mirzayev hozirda Toşkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimida işlayotgan, sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning yaqin qarindoşi hisoblanadi.
Live
Barçasi