Turkmanistonning birinchi Prezidenti byusti yerdan topildi (foto)

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmanistondagi tashkilotlardan birining hovlisida marhum Turkmanboshi Saparmurod Niyozovning byusti yerda yotgan holda topildi.  

Ma’lum bo‘lishicha, byust "Turkmen.news" muxbirlari tomonidan topilgan. 

"Mari viloyatidagi tashkilotlardan birining hovlisida gips byusti bor edi. U kimning byusti ekanligini bilish uchun diqqat bilan qarashning hojat yo‘q. Bu Saparmurod Atayevich Niyozov, mustaqil Turkmanistonning birinchi Prezidenti", deyilgan nashrda. 

Saparmurod Niyozov Respublikani 1985 yildan 2006 yilgacha boshqargan. 

U Turkmanistonni dastlab Kommunistik partiyaning Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi, keyin Prezident, 1999 yildan esa umrbod Prezident sifatida boshqargan. 

Niyozovni Turkmanboshi (barcha turkmanlarning boshlig‘i) yoki Serdar (rahbar) deyishgan. 

2006 yilda Niyozov vafot etgan va uning o‘rniga Gurbanguli Berdimuhamedov tayinlangan. 

Avvalroq, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi ikki palatali parlament — Milliy kengashning Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylangani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Saparmurod Niyozov

Baholaganlar

1210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar