Turkmanistondan O‘zbekiston elektr energiyasi yetkazib berish tiklandi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2020
4376Avvalroq, 21 oktyabr kuni tonggi soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli “Serdar-Mari GRES” deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i favqulodda o‘chgani haqida xabar bergan edik. Bu tarmoq orqali O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilinardi.
Kecha, 22 oktyabr kuni soat 11:09 da Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etib, O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi. Bu haqda “O‘zbekiston MET” AJ xabar berdi.
Ma’lumot uchun, ushbu havo tarmog‘i orqali O‘zbekistonga 750 MVtgacha elektr energiyasi importi yetkazib beriladi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari tarkibidagi bug‘-gaz qurilmalari hamda gidroinshootlar tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni rejaga muvofiq davom etmoqda, bu jarayonga Turkmanistondan import amaliyoti ham qo‘shildi va ayni paytda mamlakatimizdagi elektr ta’minoti tizimi barqaror faoliyat yuritmoqda.
LiveBarchasi