Turkmanistonda talabalar qurilish ishlariga jalb qilinadi
Olam
−
20 yanvar 2022
2627Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi shahar (Axal) qurilishiga talabalarni jalb qilishni buyurdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Axal viloyatining yangi shahar qurilish maydonini ko‘zdan kechirgan. Qurilishi 2019 yilda boshlangan yangi shaharning joylashuvi har jihatdan shaharsozlik dasturi talablariga to‘liq javob beradi.
Berdimuhamedov qurilish qoplamalari, o‘rindiqlar, yoritish ustunlari, stadion o‘rindiqlari, 40 metrlik Axal yodgorligi, avtobus bekatlari, ichki va tashqi dizaynni, turli binolar va mehmonxonalar nomini tasdiqlagan.
Shundan so‘ng davlat rahbari shahar qurilishiga aloqador bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosarlari va bu yerda shartnoma tuzayotgan qurilish tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan.
Prezident yangi viloyat markazini qurish ikki bosqichda rejalashtirilganini aytgan. Birinchi bosqichda 336 ta ob’ekt, jumladan, 11 ta davlat va 26 ta ma’muriy bino, 19 ta ta’lim muassasasi, 258 ta ikki va ko‘p qavatli turar joy binosi, 8 ta tibbiyot va sport inshooti, 14 ta ichki va tashqi muhandislik tizimi va inshootlari quriladi.
Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, davlat tomonidan yangi shahar qurilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Pudratchi va subpudratchilar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.
Yig‘ilish davomida Turmaniston Prezidenti mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalarini qurilish ishlariga jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
LiveBarchasi