Turkmanistonda xotin-qizlarga 17 dollardan berilmoqda

Olam

image

Turkmanistonda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan ayollarga pul sovg‘alari topshirilmoqda. Bu haqda “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda mamlakatning barcha burchaklarida Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram munosabati bilan ayollar va qizlarga 60 manatlik (17 dollarlik) pul mukofotlari tantanali ruhda topshirilmoqda. 

Manbaga ko‘ra, davlat rahbarining sovg‘asi birinchi navbatda bog‘cha tarbiyalanuvchilariga topshirilgan. Prezident farmoniga binoan pul mablag‘lari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlovchi, pensiya va davlat nafaqalari oluvchi, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ayollar va qizlarga 2023 yil 1 martdan 6 martgacha bo‘lgan davrda topshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing