Turkmanistonda ilk marta parlamentning yuqori palatasiga saylov bo‘lib o‘tdi
Olam
−
29 mart 2021
4140Kecha, 28 mart kuni Turkmanistonda birinchi marta parlamentning yuqori palatasi – Xalq Maslahati uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda.
TDX davlat axborot agentligining xabar berishicha, ovoz berish ertalab soat 10:00 da boshlangan, 440 nafar milliy kuzatuvchi ularning qonuniyligini kuzatgan.
Ayni paytda ovoz berish yakunlandi va viloyatlar hamda Ashxoboddagi saylov komissiyalari ovozlarni hisoblashni boshlgan. Xalq Maslahatidagi joylarni 48 kishi qabul qiladi.
Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiya 111 nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazdgan. Ularning 16 nafari velayat va Ashxobod shahar xalq maslaxatlari (xalq kengashlari) tomonidan, 95 nafari etrap va shahar xalq maslaxatlari tomonidan ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi