Turkmanistonda avtomobillar kuzovida qora rangli elementlar bo‘lishi taqiqlandi
Olam
−
28 noyabr 2020
18229“Arqadag‘” rahbarligidagi Turkmanistonda ancha avval rangli avtomobillarni boshqarishga norasmiy taqiq qo‘yilgan edi. Endi esa ushbu qoida nafaqat avtomobillarning rangiga, balki kuzoviga ham tegishli bo‘ladi. Bu haqda “Turkmen news” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Turkmanistonda 24 noyabrdan boshlab, kuzovida qora rangli elementlari bor oq avtomobillar politsiyada texnik ko‘rikdan o‘ta olmaydi.
Nashrga ko‘ra, bunday avtomashinalar egalari radiator panjaralari, bamperlar va mashinaning boshqa qismlarini oq rangga bo‘yashga majbur qilinadi va ushbu qism ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa ham, texnik jihatdan qayta bo‘yash mumkin bo‘lmasa ham, tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘ta olmaydi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, bunday buyruqni Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bergan. “Arqadag‘” Ichki ishlar vaziri Mammetxon Chakevni buyruqni bajarishga mas’ul etib tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yanvaridan boshlab, Ashxobod yo‘llarida rangli mashinalarda yurish taqiqlangan edi. Ushbu cheklash og‘zaki bo‘lib, qonuniy ravishda rasmiylashtirilmagan. Ehtimol, taqiq tashabbuskori sevimli rangi oq bo‘lgan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bo‘lishi mumkin.
Prezidentning o‘zi butunlay oq rangli bo‘lgan mashinalarda ham, yarim yashil, shuningdek, qora yo‘ltanlamas mashinalarni ham boshqaradi.
Umidjon Nozimjonov
LiveBarchasi