Turkmaniston va O‘zbekiston gaz yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning UzGasTrade AJ va Turkmanistonning “Turkmengaz” davlat konserni o‘rtasida yiliga 2 milliard kub metrgacha turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov Turkmaniston davlat axborot portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ashxobodda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Turkmaniston Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika kompleksiga mas’ul o‘rinbosari Botir Amanov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tegishli kelishuvga erishilgan.

“Bu faqat boshlanishi, chunki biz o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning yanada keng istiqbollarini muhokama qildik. Bundan maqsad uzoq muddatli va yetkazib berishni ko‘paytirishga mo‘ljallangan shartnomani ishlab chiqishdir”, degan Mirzamahmudov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar elektr energiyasi yetkazib berish, elektr energiyasini uchinchi davlatlarga tranzit qilish, shuningdek, neft, neft mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulotlari – fosfat va azotli o‘g‘itlar, kaustik va kalsiliy soda, xlor yetkazib berish sohasida hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston birinchi marta Turkmaniston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, uchinchi tomon ishtirokisiz qisqa muddatli gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. O‘shanda qish mavsumida taqchillikni qoplash uchun uch oy ichida 1,5 milliard kub metrga yaqin gaz importi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zbekiston Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing