Turkmaniston Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomini olishi kutilmoqda

Olam

image

Joriy yilning 12 noyabr kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Turkmanistonning Kengashga a’zo bo‘lib kirish masalasi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Bu haqda Istanbulda o‘tayotgan media forumda Turkiy kengash Bosh kotibi o‘rinbosari Gismat Gozalov ma’lum qildi. 

Media forumda ishtirok etayotgan Qalampir.uz muxbirining xabar berishicha, media forumda Kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar ommaviy axborot vositalari o‘rtasida axborot almashish platformasini yaratish masalasi muhokama qilinmoqda. 

Qayd etilishicha, media forumning davlat rahbarlari sammitidan avval o‘tkazilishi muhim ahamiyatga ega. 

Ta’kidlanishicha, kutilayotgan sammitda Kengash nomi tashkilotga o‘zgartiriladi va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi, Turkiy Kengash faxriy oqsaqoli Nursulton Nazarbayevning taklifi bilan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi - 2040 rejasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. 

Gismat Gozalovga ko‘ra, Kengashga Turkmanistonning kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shilishi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining mintaqadagi faoliyatini yanada kuchaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing