“Turkmanenergo” bilan kelishuv: ertadan elektr energiyasi ta’minotida o‘zgarishlar bo‘ladi
Jamiyat
−
30 noyabr 2019
6883Ertaga, 1 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakat aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan ma’lum kelishuvga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, 28-29 noyabr kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi