Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Turkiyada Eronning 5 nafar josusi qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti va Istanbul Bosh prokuraturasi hamkorligida olib borilgan tadbir natijasida Eron razvedka xizmati foydasiga josuslik qilgani aniqlangan 5 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda A Haber xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Turkiyadagi harbiy bazalar va strategik hududlar, shuningdek, xorijdagi muhim joylar haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, ularni Eron razvedkasiga uzatgani aniqlangan 5 gumonlanuvchi Istanbulda o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida hibsga olingan. Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan boshlangan tergov doirasida hamda Milliy razvedka tashkiloti hamkorligida olib borilgan ishlar natijasida 5 gumonlanuvchining “harbiy va siyosiy josuslik” jinoyatini sodir etgani aniqlangan.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining razvedka xodimlari bilan aloqada bo‘lgani ma’lum bo‘lgan gumonlanuvchilar Turkiyadagi harbiy bazalar va muhim strategik hududlar, shuningdek, xorijdagi ahamiyatli joylarga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, ularni Eron razvedkasiga yetkazib bergani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar oyida Eronning Kirmon viloyatida hibsga olingan britaniyalik Kreyg va Lindsi Formanlar josuslikda ayblanib, qo‘lga olingan edi. Mamlakat sud hokimiyati vakili Asg‘ar Jahongirning aytishicha, juftlik “52 yoshli er-xotin sayyohlar” niqobi ostida Eronga kirgan va mamlakatning ko‘plab viloyatlarida ma’lumot to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing