Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida kuchli qor, bo‘ron va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan Turkiyaning janubi-sharqidagi viloyatlarda qor aralash yomg‘ir, kuchli qor va bo‘ronlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “TRT Haber” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Qahramanmarash viloyatining Pazarjik tumani bo‘lgan. Uning atrofidagi zilzila yuz bergan hududlarda havo harorati 7 darajadan past.

Adananing zilzila sodir bo‘lgan hududida kuchli qor, bo‘ron va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat 11 darajagacha pasayishi mumkin. Shuningdek, Kilis, Diyorbakir, Adiyamin va Gaziantepda ham havo bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi aytilmoqda.

Shanliurfaning zilzila sodir bo‘lgan hududida kuchli qor, bo‘ron va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing