Turkiyaning yirik davlat banki “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Olam
−
29 Sentabr 2022
2176Turkiyaning yirik Ziraat bankasi davlat banki Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimining mamlakatdagi kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu haqda bank vakili RIA Novosti nashriga ma’lum qilgan.
“Yo‘q (“Mir” tizimi bilan moliyaviy operatsiyalar. – tahr.) amalga oshirilmayapti”, deyiladi xabarda.
“Bloomberg” nashriga ko‘ra, Ziraat bankasi’dan tashqari davlatga qarashli Halkbank, va VakıfBank ham Rossiya to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikriga ko‘ra, Kreml Turkiya davlat banklarining G‘arbning misli ko‘rilmagan bosimi tufayli Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimidan voz kechish qarorini majburiy deb biladi.
Ma’lumot uchun, Vashington Rossiyaning milliy to‘lov kartalari tizimi va “Mir” tizimidan Rossiyadan tashqarida foydalanishni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun ikkilamchi sanksiyalarni qo‘llashga tayyorligi AQSH moliya vazirligi tomonidan sentyabr oyi o‘rtalarida e’lon qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi ikki yirik xususiy banklar – “Isbank” va “Denizbank” Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi