Turkiyaning qarshiligiga qaramay, Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kiradi – Blinken

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Finlyandiya va Shvetsiya Turkiya bilan kelishmovchiliklarni yengib, NATOga a’zo bo‘lishlariga ishonadi. U bugun, 1 iyun kuni Vashingtonda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida buni tasdiqladi. 

“NATOda Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga tezda qabul qilish uchun keng va kuchli konsensus mavjud. Ishonchim komilki, bu amalga oshadi, biz oldinga intilamiz. Gap jarayon haqida ketmoqda. Va bu jarayonda ittifoqchilar, agar ularda xavotir bo‘lsa, shunday savollarni ko‘taradilar. Va keyin biz bu bilan shug‘ullanamiz, NATO bu bilan shug‘ullanmoqda. Turkiya tomonidan qo‘yilgan savollar ham NATO ko‘magida finlar va shvedlar tomonidan hal qilinadi. Biz barcha ittifoqchilarning xavfsizlik masalalari e’tiborga olinishini ta’minlashni istaymiz va bu, albatta, Turkiyani ham taalluqli”, deydi AQSH siyosati rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya va Shvetsiya Turkiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qiladi, NATO bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.  

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi. 

Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.

Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi. Xususan, Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishi aytildi.

11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala davlatga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.

13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi. Bunga ikki davlat Turkiya terrorchi deb tan PKK'ni ko‘llab-quvvatlashi sabab qilib ko‘rsatildi.

18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya rasman NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Erdo‘g‘an esa Turkiya ushbu ikki davlatning NATOga kirishiga yo‘l qo‘yib, Gretsiya bilan yo‘l qo‘ygan xatosini takrorlamasligini aytdi.
29 mayga kelib Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari bilan ushbu mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha muzokaralar natijalaridan norozi ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Entoni Blinken

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing