Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi (video)
Olam
−
25 aprel 2023 11370 1 daqiqa
Bugun, 25 aprel kuni Turkiyaning birinchi tovushdan tez uchuvchi reaktiv samolyoti Hürjet ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zining Twitter sahifasida e’lon qildi.
“Bu Turkiyaning 100 yilligiga yana bir sovg‘a bo‘lsin”, deb yozgan Erdo‘g‘an Twitter’da samolyot angardan chiqib, havoga ko‘tarilayotgani tasvirlarini bo‘lishar ekan.
Turkiya 2017 yildan beri o‘zining beshinchi avlod qiruvchi samolyotini yaratish loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Turkiya Mudofaa sanoati departamenti rahbari Ismoil Demir samolyot taktik va texnik xususiyatlari bo‘yicha Amerikaning F-35 samolyotidan o‘zib ketishini aytgan. Taxminlarga ko‘ra, TF-X indeksini olgan qiruvchi samolyot oxir-oqibat Turkiya harbiy-havo kuchlarida xizmat qilayotgan F-16 samolyotining o‘rnini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Anadolu jangovar dronlari uchun dunyodagi birinchi samolyot tashuvchi kemasini foydalanishga topshirgandi. Kecha, 24 aprel kuni esa Erdo‘g‘an mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi Altay tankini sinovdan o‘tkazish uchun Turkiya qurolli kuchlariga topshirilganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi