Turkiyalik olim Buxorodan turkiy xalqlar bobokalonining qabrini topganini e’lon qildi

Olam

image

Turkiyaning Gazi universiteti professori doktor Nejati Demir Buxorodan afsonaviy turk xoqoni Alp Er To‘nga qabrini topganini aytmoqda. Bu haqda Turkiyaning “Huriyyat ” gazetasi xabar bermoqda.

Ancha vaqtdan buyon Buxoroda tadqiqot olib borayotgan Turkiyaning Gazi universiteti professori, doktor Nejati Demir Alp Er Tung qabrini topganini da’vo qilmoqda. Doktor o‘z kashfiyoti haqida Twitter sahifasida e’lon qilgan.

“Turk dunyosini qutlayman. Turkiylarning umumiy bobokaloni Alp Er To‘nga qabri men tomonimdan Buxorodan topildi”, deb ta’kidlagan professor.

Lekin, doktor Nejati Demir Alp Er To‘nga dafn qilingan joy haqida batafsil ma’lumot bermagan va shunday degan:

“Qadimgi arab va fors manbalarida Alp Er To‘nga maqbarasi Buxoroda ekanligi aytilgan. Meni viloyat tarixchilari va tadqiqotchilari ham qo‘llab-quvvatlashdi. Tafsilotlarni yaqin kunlarda baham ko‘raman”, degan doktor Nejati Demir.

Ma’lumot uchun, Alp Er To‘nga miloddan avvalgi VII asrda yashagan deb taxmin qilinadi. Alp Er To‘nga taniqli harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi bo‘lib, u turkiy xalqlar bobokaloni hisoblanadi. U sak qabilasining yetakchisi bo‘lgan. Ba’zi tarixiy manbalarda u “Afrosiyob”, nomi bilan ham tilga olinadi.

Alp Er To‘nganing bolalik va yoshlik yillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. Uning ajdodlari va kelib chiqishi to‘g‘risida turli-tuman mulohazalar bor. Biroq Alp Er To‘nga turkiy qavmga mansub bo‘lgani inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat hisoblanadi. 

Alp Er To‘nga haqida Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit turk”, Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida malumot beradi


Maqola muallifi

Teglar

Alp Er To'nga

Baholaganlar

765

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar