Turkiyalik 25 yoshli futbolchi vafot etdi

Sport

image

Turkiyaning “Bandirmaspor” jamoasi himoyachisi Tolga Kalender 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) xabar berdi.

O‘limning rasmiy sababi hozircha ma’lum qilinmagan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ma’lum vaqt davomida shifoxonada davolangan.

Ma’lumot uchun, Kalender faoliyati davomida Turkiya chempionatining yuqori divizionida “Adana Demirspor” safida ham to‘p surgan. Shuningdek, u “Bayrampasha” va “Diyarbakirspor” jamoalarida, “Istanbul Bashakshexir” klubining yoshlar tarkibida ham o‘ynagan.

Tolga Kalender professional faoliyati davomida jami 132 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliyaning “Real Massama” klubi yarim himoyachisi Kevin Kastro o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida maydonda hushidan ketib, vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing