Turkiyaga yana tabiiy ofat yopirildi: Uylar osmonga “uchdi” (video)

Olam

image

Bugun, 20 aprel kuni Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida bo‘ron sodir bo‘lib, 40 ga yaqin odam jarohat oldi. Bu haqda Qahramonmarashda zilzila qurbonlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat gubernatori Bulent Tekbiyiyk o‘g‘lu ma’lum qildi.

“Gap 40 nafar jarohatlanganlar haqida ketmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir. Zilzilada boshpanasiz qolganlar uchun o‘rnatilgan 170  ta konteyner-uyni dovul uchirib yuborgan. Biz odamlarni kun davomida boshqa konteynerlarga joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Tekbiyiyk o‘g‘lu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron avtomobillarni, konteyner-uylarni ag‘darib yuborgan, uylarning tomlarini yulib, yuzlab metrlar nariga olib ketgan.

Ayniqsa, fevral oyidagi zilzilalardan birining epimarkazi bo‘lgan Pazarchik aholi punkti yomg‘ir bilan birga kelgan bo‘ronli shamoldan ko‘p zarar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing