Turkiyadagi zilzila oqibatida futbolchi halok bo‘ldi
Olam
−
06 fevral 2023
22381Bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida mamlakatdagi ko‘pgina sport tadbirlari noma’lum muddatga ko‘chirildi. Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev o‘z sahifasida xabar berdi.
Turkiyadagi ayanchli zilzila sport olamiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi.
Zilzila oqibatida:
- Hozirda rasmiy turnirlar to‘xtatilgan;
- “Malatyaspor” futbol klubi darvozaboni Ayub-Turkaslan qulab tushgan bino ichida halok bo‘lgan;
- Ganalik futbolchi Kristian Atsu aloqaga chiqmagani sababli, uni qidirish ishlari olib borilmoqda;
- Hatayda 14 nafar voleybolchi qizlar bedarak yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 1651 kishiga yetgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi