Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 18 mingdan ortdi
Olam
−
10 fevral 2023
5602Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 18 342 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) xabar berdi.
“Qurbonlar 18 342 kishi. 74 242 nafar fuqarolarimiz tan jarohati oldi. Qariyb 75,8 ming kishi halokat joyidan evakuatsiya qilingan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari, keyin 300 ga yaqin yerosti silkinishlari mamlakatning 10 viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriyada ham sezilgan. Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, arab Respublikasida 3 mingdan ortiq kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi