Turkiyadagi yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida 10 dan ortiq kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
21 iyun 2024 3529 1 daqiqa
Kecha, 20 iyun kuni Turkiyaning Diyorbakir va Mardin shaharlari oralig‘ida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lishi ortidan 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yong‘inda 78 kishi jabr ko‘rgan, ko‘plab qoramol va qo‘ylar ham nobud bo‘lgan. Yong‘in shamol ta’sirida yanada avj olgan.
“Kecha tunda Diyorbakirning Chinor tumaniga qarashli Ko‘ksalan mahallasi va Yozchechagi qishlog‘i bilan Mardin shahrining Mazidag‘i tumaniga qarashli Yujebog‘ va Yetkinlar qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi, 78 kishi jabrlandi”, deydi vazir.
Yong‘inni o‘chirish uchun mamlakat janubi-sharqidan o‘rmon boshqaruvi boshqarmasi, 39 ta tez yordam mashinasi, 4 ta Milliy tibbiy qutqaruv guruhi, o‘t o‘chirish xizmati, favqulodda vaziyatlar xizmati guruhlari yuborilgan. Bir qator aholi punktlarida evakuatsiya e’lon qilingan.
Ayni damda ofatdan jabr ko‘rgan 9 nafar bemor Diyorbakirda, 7 nafari Shonliurfada shifoxonaga joylashtirilgan.
Mohira Eshpo‘latova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr