Turkiyadagi o‘zbekistonlik futbolchilar soni ko‘paydi

Sport

−

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Nasaf” klubi futbolchisi Husniddin Aliqulov faoliyatini Turkiyaning “Rizespor” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, bugun, 5 avgust kuni o‘zbekistonlik 24 yoshli futbolchi Turkiya Superligasi klubi bilan 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan. Ya’ni, u 3 yillik kelishuv muddatini yana 1 yilga uzaytirish huquqiga ega. 

“Husniddin Aliqulovga xush kelibsan deymiz va omad tilaymiz”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Aliqulov O‘zbekiston Superligasining 12 ta o‘yinida 5 ta gol urib, “Nasaf” to‘purari bo‘lib turgandi. Turkiyaning “Rizespor” klubi Rize shahri jamoasi bo‘lib, 2020/2023 yilgi mavsumda mamlakat Superligasida ishtirok etadi. Klub uy o‘yinlarini 15 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Yeni Rize Shehir” stadionida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubi bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan edi. Shuningdek, moskvaliklarda bitimni yana bir yilga uzaytirish huquqi mavjud.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing