Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi
O‘zbekiston
−
15 Dekabr 2022 20251 1 daqiqa
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidagi ehtimoliy yig‘ilish va namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi. Bu haqdagi e’lon konsulikning Telegram kanalida keltirilgan.
“Shaxsiy xavfsizligingizga e’tiborli bo‘lgan holda sizlardan turli xildagi ko‘p sonli yig‘ilish va namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda ularda qatnashishga da’vat etish orqali targ‘ibot yuritmaslikka chaqirib qolamiz”, deyiladi xabarda.
Konsulxonaga ko‘ra, bunday harakatlar qonuniy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.
Avvalroq Turkiyada 33 yoshli ayol eri tomonidan pichoqlanib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr