Turkiyadagi saylovlarda 3 kishi o‘ldi

Olam

image

Turkiyaning turli viloyatlarida saylov uchastkalarida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 14 may kuni TRT telekanali xabar berdi.

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning vatani Rize viloyatida hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining saylov komissiyasi a’zosi 64 yoshli Sheref Kurt hushidan ketgan va saylov qutisiga qulab tushgan. Shifokorlar kelguniga qadar fuqarolar unga yordam berishga harakat qilgan. Kasalxonada esa shifokorlar uning o‘lganini e’lon qigan.

Rizega qo‘shni Trabzon viloyatidagi Akchabaat tumanida 75 yoshli Aysel Ulusoy saylov uchastkasidagi ovoz berish kabinasida o‘zini yomon his qilgan. U hushini yo‘qotdi. Shifokorlar uning yurak xurujidan o‘lganini e’lon qilgan. Trabzon yaqinidagi Giresun viloyatida esa 85 yoshli saylovchi saylov qutisi yonida birdan hushidan ketgan. Doktorlar yordamiga qaramay, uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. U ham yurak xurujidan vafot etgan.

Bundan tashqari, Shanliurfa viloyatida turli siyosiy qarashlar sabab ikki mahalliy klan a’zolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqqan. Og‘zaki janjal tezda tosh va tayoqlardan foydalangan holda jismoniy to‘qnashuvga aylangan. Ammo asosan jangovar mashinalarga zarar yetgan. Jiddiy qurbonlar bo‘lmagan.

Mersin shahrida esa saylov uchastkalaridan birida turli prezidentlikka nomzodlarning ikki tarafdori o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Kichik mushtlashuvdan so‘ng posbonlar raqiblarni ajratib olgan.

Shuningdek, Kojaeli viloyatida saylov uchastkasiga kiraverishda mushtlashuv kelib chiqqan. Bunga ovoz berishni xohlovchilar tirbandligi sabab bo‘lgan. Politsiya fuqarolarni tinchlantirib, tibbiy yordamga muhtojlar uchun tez yordam chaqirgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 14 may kuni Turkiyaning 81 viloyatida prezidentlik va parlament saylovlari uchun saylov uchastkalari ochildi. Ular mahalliy vaqt bilan 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 19:00) ishlaydi. Respublika va xorijda jami 191 884 ta saylov qutilari o‘rnatilgan. 64 million Turkiya fuqarosi ovoz berish huquqiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made