Turkiyadagi sanoat zonasida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 29 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi sanoat hududida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi esa jarohatlangan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, zavoddagi yong‘indan so‘ng portlash sodir bo‘lib, uch kishi halok bo‘lgan. Yong‘inda tutundan nafas olayotgan o‘t o‘chiruvchilar ham jabrlangan. Ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa vaqtida qurbon bo‘lganlar orasida tutundan zaharlangan o‘t o‘chiruvchilar ham bor. 

“Yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Xodimlar bilan gaplashganimizda, ular bombaga o‘xshash portlashni eshitganini aytdi. Yaqin atrofdagi zavodlarda ishlaganlar xavfsiz hududlarga jo‘natildi. O‘nga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi yetib keldi. Tutundan bo‘g‘ilib qolgan o‘t o‘chiruvchilarga tez yordam mashinalari jo‘natildi. O‘t o‘chirish brigadasi ham shifoxonaga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 aprel kuni Istanbulning Beyo‘g‘lu tumanida yuqori voltli yerosti liniyalari yotqizilayotgan joyda portlash yuz bergandi. Kecha, 20 aprel kuni esa Turkiya g‘arbidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi xodimlarini olib ketayotgan avtobus qo‘lbola portlovchi qurilma bilan portlatib yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing