Turkiyadagi restoranda kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Turkiyaning Aydin viloyatidagi Nazilli tumanida joylashgan restoranning oshxona qismida gaz siqilib qolishi natijasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.

Portlash oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashda 7 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangan, 1 kishi og‘ir holatda.

Portlash vaqtida restoranda 20 kishi bo‘lgan, ikki kishi binoning ikkinchi qavatidan sakragan.

Voqea joyiga yetib kelgan Aydin gubernatori Huseyin Aksoy tekshiruvlardan so‘ng portlash gaz balloni almashtirish paytida sodir bo‘lganini aytgan.

Portlashdan keyin Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ ham bayonot bergan. 

“Nazilli Bosh prokuraturasi portlash yuzasidan sud tergovini boshladi. Nazilli Bosh prokuraturasi tergov uchun 3 nafar prokurorni tayinladi. Voqea har tomonlama tekshiriladi. Portlashga aloqador bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi”, deydi Adliya vaziri.

Nazilli Bosh prokuraturasi portlashga sababchi bo‘lgan 5 kishining qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing