Turkiyadagi dahshatli YTHda 16 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 16 kishi vafot etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 20 avgust kuni soat taxminan 10:45 da Tarsus-Adana-Gaziantep trassasida yuz bergan. Yo‘lovchi avtobusi tez yordam, o‘t o‘chirish hamda “Ihlas” axborot agentligi mashinalariga borib urilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 16 kishi vafot etgan, 21 kishi tan jarohati olgan. Qurbonlar orasida uch nafar o‘t o‘chiruvchi, 4 nafar sog‘liqni saqlash xodimi va ikki nafar jurnalist ham ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing