Turkiyada yana zilzila bo‘lishi mumkin

Olam

image

Seysmologlar Turkiyaning Istanbul shahrida 7 balldan ortiq magnitudali yana bir zilzila ro‘y berishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib “Nurriyet” nashri xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Qahramonmarashdagi fojia Istanbul zilzilasi oldidan tayyorgarlik edi. Istalgan vaqtda Istambulda 7 balldan ortiq zilzila kuzatilishi mumkin.

Istanbul shahri Anadolu va Yevroosiyo tektonik plitalari tutashgan joyda joylashgan bo‘lib, undan 15-20 kilometr masofa uzoqlikda Shimoliy Anadolu yorig‘ining bir qismi mavjud. Shu sababli Turkiya aholisi barcha zarur choralarni ko‘rgan holda Istanbuldagi yangi zilzilaga tayyor turishi kerakligi aytilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Turkiyaning ushbu megapolisida 1 milliondan ortiq bino va 4,5 million xonadon mavjud bo‘lib, ularda o‘rtacha 15 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘lgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 39 672 nafarni tashkil qilgan. 108 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing