Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Vazirlikdagilarning ta’kidlashicha, Quruqlik kuchlari qo‘mondonligiga qarashli vertolyot Tatvan shahriga Bingeldan (ikkalasi ham mamlakat sharqida) uchib kelgan. Vertolyot bilan aloqa uzilib qolganidan so‘ng rasmiylar uni qidirish uchun samolyot, vertolyot va dronlarni yuborgan.

Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohat olgan. Voqeaning aniq sabablari haqida hali xabar berilmagan.

Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Bosh shtab boshlig‘i general Yashar Guler va Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general Umit Dundar ham qutqaruv operatsiyasi joyiga etib kelgan.

Agentlikning qayd etishicha, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an halokat tufayli hamdardlik bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, aviahalokatda Quruqlikdagi 8-korpus qo‘mondoni general-leytenant Usmon Erbash ham vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing