Turkiyada o‘zbekistonlik qiz o‘zini 10-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Turkiyaning Izmir viloyati Qarshiyaka tumanida o‘zbekistonlik ayol o‘ninchi qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.B. (ayol) psixologik muammolarga duch kelgan. Voqea 2 yanvar kuni soat 14:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. M.B. o‘zini Qarshiyaka tumani Mavishehir mahallasidagi binoning o‘ninchi qavatidan tashlagan. 

Voqeaga guvoh bo‘lganlar tez yordam va politsiyaga murojaat qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot hodimlarining birinchi yordamidan so‘ng, yosh ayol Bakirchay universitetining Chig‘li o‘quv va tadqiqot shifoxonasiga yotqizilgan. Og‘ir ahvolda bo‘lgan M.B. ko‘rilgan barcha choralarga qaramay vafot etgan. 

Ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing