Turkiyada o‘zbekistonlik qiz 7 yashar ukasini do‘pposlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
28 noyabr 2023
12650Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik 19 yashar qiz 7 yashar ukasini do‘pposlab, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Voqea ortidan qiz qamoqqa olindi. Bu haqda Turkiya mahalliy matbuoti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 24 noyabr kuni kechki soatlarda Istanbulning Fotih tumanida yashagan o‘zbekistonlik ayol Nilufar Nabiyevaning uyida farzandlari – 19 yashar Mehribonu va 7 yashar Sarvat ishtirokida janjal chiqqan. Oqibatda opa ukasini ayovsiz kaltaklagan. Voqeadan keyin xolsizlangan va o‘zini yomon his qilgan bolakay yotog‘iga yotgan va qaytib turmagan. Keyinroq, uning yotoqda vafot etgani aniqlangan.
Bolaning hayotiy belgilarsiz yotganini payqagan ona va qiz zudlik bilan tez yordam chaqirgan. Chaqiriq bo‘lgan uyga yetib kelgan tibbiyot xodimlari va politsiya bolaning allaqachon vafot etganini aniqlagan. Bola shu zahoti morgga yuborilgan, uning opasi va onasi politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
Tergov-surishtiruv ishlaridan so‘ng, bolaning onasi Nilufar Nabiyeva sud nazorati tartibida ozodlikka chiqarilgan. Marhumning opasi esa qamoqqa olingan.
Ushbu oilaning voyaga yetmagan yana ikki farzandi Bolalarni himoya qilish agentligiga topshirilgan.
LiveBarchasi