Turkiyada o‘zbekistonlik ayollar fohishalikka majburlab kelingani aniqlandi

3-sahifa

image

Turkiyaning Denizli shahrida fohishaxonalar faoliyatiga qarshi o‘tkazilgan maxsus amaliyotda o‘zbekistonlik 5 nafar ayol fohishalikka majburlab kelingani aniqlandi. Bu haqda mahalliy nashrlar bong urmoqda. 

Denizli Bosh prokuraturasi koordinatsiyasida olib borilgan tergov doirasida 5 kishi xorijlik ayollarni fohishalikka majburlab kelayotgani haqida ma’lumot olgan. 

Politsiya xodimlari fohishaxona tashkil qilgan shaxslar o‘zbekistonlik ayollar bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishib, ularga turli va’dalar berib, Turkiyaga olib kelgani va ularni fohishalikka majburlaganini aniqlagan. Ushbu surishtiruvlardan so‘ng voqea joyida maxsus amaliyot o‘tkazilgan. 

Olib borilgan tezkor tadbir davomida 5 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, fohishalikka majburlangan 5 o‘zbekistonlik ayol qutqarib olingan.

Fohishaxona tashkil etishda gumonlangan 5 kishidan 3 nafari hibsga olingan. Yana 2 nafari esa sud nazorati sharti bilan qo‘yib yuborilgan. 

Denizlida fohishalikka majburlangani aniqlangan jabrdiyda ayollarning O‘zbekistonga qaytishi uchun choralar boshlangani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Turkiyaning Sakarya shahrida o‘tkazilgan maxsus amaliyotda fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 49 nafar o‘zbekistonlik ayol ushlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Denizli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing