Turkiyada o‘zbekistonlik ayollar fohishalikda ayblanib, hibsga olindi
3-sahifa
−
14 dekabr 2022
12400Turkiyaning Tekirdog‘ shahrida ikki o‘zbekistonlik ayol fohishalikda ayblanib, politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Turkiya mahalliy nashrlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tekirdog‘ shahri Kapakli tumanida politsiya boshqarmasi guruhlari tomonidan fohishalikka qarshi kurash operatsiyasi o‘tkazilgan. Unda ijtimoiy tarmoqlar – Facebook, Twitter, Instagram orqali intim suratlarni joylashtirib, ostiga telefon raqamini yozib, jinsiy xizmatlar, xususan fohishalikni taklif qilayotgan ayollar qo‘lga olingan.
Operatsiyada O‘zbekiston fuqarosi K.X. (32 yosh) hamyurti – O‘zbekiston fuqarosi N.Y.ni (29 yosh), S.M.ni (22 yosh), D.U.ni (25 yosh), N.A.ni (37 yosh), S.T.ni (32) va R.U.ni (25yosh) fohishalikka “sotgani”, F.Ch. ismli shaxs esa ayollarga turar joy ajratgani va erkaklar bilan uchrashuvlar tashkil qilgani aniqlangan.
K.X. va F.Ch. qo‘lga olingan. So‘roqlardan so‘ng o‘zbekistonlik K.X. hibsga olingan, F.Ch. esa shartli ravishda ozod qilingan.
Qayd etilishicha, 6 nafar xorijlik ayol, qonuniy muolajalar yakunlangach, deportatsiya qilinishi uchun shahar Immigratsiya boshqarmasiga topshiriladi.
LiveBarchasi