Turkiyada o‘ldirilgan Rossiya elchisining qotillariga umrbod qamoq jazosi so‘ralyapti

Olam

image
Nodira Qodirova o‘ldirilganmi yo o‘zini o‘ldirganmi? Ekspertiza xulosalari ochiqlandi north_east

Nodira Qodirova o‘ldirilganmi yo o‘zini o‘ldirganmi? Ekspertiza xulosalari ochiqlandi

2016 yilning 19 dekabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida “Rossiya turklar nigohida” fotoko‘rgazmasining ochilish chog‘ida so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasi elchisi Andrey Karlov otib ketilgan edi. Karlov voqea joyida jon bergandi. 

Qotillikni 1994 yilda tug‘ilgan, Turkiya politsiyasi xodimi Mavlut Mert Oltintosh sodir etgandi. U o‘sha zahotiyot politsiya tomonidan otib tashlangan. 

Avval xabar berganimizdek, bugun, 5 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrif buyurmoqda. Prezidentlar uchrashuvidan avval rasmiy Anqara Rossiya elchisining o‘ldirilishida ayblanayotganlar haqida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, Anqara prokuraturasi Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga suiqasdda ayblanayotgan 28 sudlanuvchidan sakkiztasini umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilmoqda. 

Ayblanuvchilarga, shuningdek konstitutsiyaviy tuzimni ag‘darishga urinish da’vosi qo‘yilmoqda. Ular AQSHning Pensilvaniya shtatida yashab kelayotgan Fethulloh Gulen boshchiligidagi FETO terrorchilik guruhiga aloqador ekani aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya elchisining o‘ldirilishi Turkiya va Rossiya o‘rtasida 2015 yilning 24 noyabr kuni boshlangan ziddiyatlar davomi sifatida qabul qilingandi. Shu kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotini urib tushirib, ikki uchuvchining o‘limiga sabab bo‘lgandi. Rejaga ko‘ra, Karlovning o‘ldirilishi esa Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasida endigina unutilgan ginalarning qaytadan kurtak yozishiga sabab bo‘lishi kerak edi. Ammo, Putin buni ikki mamlakat o‘rtasiga nizo tushirish uchun o‘ylangan reja ekanini ta’kidlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Andrey Karlov

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing