Turkiyada to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazishga ruxsat berilyapti
Olam
−
27 may 2020
8836Turkiyada 11 iyuldan boshlab to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda mahalliy nashrlar bong urmoqda.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Koronavirus ilmiy kengashi a’zosi, professor Sechil O‘zkanning qayd etishicha, normal hayotga qaytishning sakkizinchi haftasi, ya’ni iyul oyining o‘rtalaridan boshlab to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish mumkin. Biroq, bu mamlakatda hukm suradigan vaziyat va kasallik aniqlanishiga bog‘liq.
“Tadbirlarda niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash va gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Ammo, bu bayonotlarning barchasi raqamlarga bog‘liq”, deydi professor O‘zkan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, ayni vaqtda Turkiya koronavirus bilan murosasiz kurashmoqda va bu yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. Vaziyat shu ko‘rinishda davom etsa, normal hayotga qaytish davrining to‘rtinchi haftasidan boshlab 50 kishilik oilaviy marosimlarni o‘tkazish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada bugungacha koronavirus bilan bog‘liq 158 762 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 4 397 nafari vafot etgan. 121 507 kishi yoki umumiy bemorlarning 76,5 foizi sog‘aygan.
LiveBarchasi