Turkiyada terakt sodir etildi. Qurbonlar bor
Olam
−
08 aprel 2020
16246Turkiya Respublikasining janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) a’zolari tomonidan portlash sodir etildi. Oqibatda besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni viloyat ma’muriyati xabar bermoqda.
"Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 6:30 da Kulp tumanida 5 nafar o‘rmon xizmatchisi bo‘lgan mashina KIP a’zolari tomonidan o‘rnatilgan bomba ishga tushirilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bizning xavfsizlik kuchlarimiz aybdorlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani boshladi”, deyiladi viloyat xabarida.
Hujum ortidan mintaqaga bir qancha harbiylar va tibbiy xodimlar yuborilgan. Viloyatda keng ko‘lamli qidiruv ishlari boshlangan.
Ma’lumot uchun, 2015 yil iyul oyidan beri 1000 ga yaqin turk harbiysi va politsiya xodimi, shuningdek, 500 ga yaqin tinch aholi kurd isyonchilarining hujumlari natijasida halok bo‘lgan. Turkiya Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davrda Turkiya xavfsizlik kuchlari 10 mingdan ortiq KIP a’zosini yo‘q qilgan.
LiveBarchasi