Turkiyada suv toshqinlari davom etyapti. Qurbonlar soni ortmoqda (video)

Olam

image

Avvalroq, Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Kastamonu va Sinop viloyatlarida suv toshqinlari yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik. Bir necha kundan beri davom etyotgan ushbu toshqinlar oqibatida ayni paytgacha 38 kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Sel va toshqinlar oqibatida Kastamonuda 32, Sinopda 6 kishi halok bo‘ldi", deb yozadi Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja o‘zining Twitter sahifasida.

Ta’kidlanishicha, tabiiy ofatdan 284 kishi jabr ko‘rgan bo‘lsa, 1700 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. 300 ga yaqin aholi punktlari elektr energiyasisiz qolgan. Ayniqsa Kastamonu viloyatining Bozqurt shahrida sel tufayli bir necha ko‘p qavatli uylar qulab tushgan. 

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat shimolidagi Kastamonu, Sinop va Bartin viloyatlarini tabiiy ofat zonasi deb e’lon qildi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing