Turkiyada sevgilisi ustiga kislota sepgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
Olam
−
11 iyul 2022
66232Turkiyaning Denizli shahrida yuziga kislota sepib yuborilgan o‘zbekistonlik ayol oradan 38 kun o‘tib, vafot etdi. Bu haqda “Sabah” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Denizli shahrining Pamukqal’a tumanida 44 yoshli erkak Ozgyur G. 9 may kuni mehmonxonada o‘zbekistonlik 27 yoshli Sojida Q. va qirg‘izistonlik 23 yoshli Sarvinoz K. Bilan uchrashgan.
Ular o‘rtasida rashk va ehtimoliy xiyonat sabab tortishuv yuzaga kelgan. Shunda Ozgyur G. Sojida Q. va Sarvinoz K.ga kislota sepib yuborgan. Erkak o‘zi ham kislota sabab o‘ng ko‘zidan ayrilgan.
Huquq-tartibot xodimlari mehmonxonadan qochib ketgan erkakni ta’qib qilib borgan. Gumonlanuvchi xorijga qochishga tayyorgarlik ko‘rgan va Oydin shahrining Nazilli tumanida yashovchi qarindoshlarining tashlandiq uyiga yashiringan. U qo‘lga olinib, Denizli shahriga olib ketilgan va sudga topshirilgan.
Kislotadan jabrlangan Sojida Q. va Sarvinoz K. Denizli davlat shifoxonasiga olib borilgan. Sarvinoz K. muolajadan so‘ng chiqarilgan, erkakning asosiy nishoniga aylangan va tanasining katta qismi 3-darajali kuygan Sojida Q. esa Izmir o‘quv va tadqiqot shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar hayoti uchun kurashgan yosh ayol 38 kundan keyin jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
LiveBarchasi