Turkiyada portlash. 8 politsiyachi jarohatlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatida bugun, 16 dekabr kuni avtomobil portlashi oqibatida kamida sakkiz nafar politsiyachi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy NTV telekanali xabar berdi. 

Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Diyorbakir-Mardin avtoyo‘lida politsiya mashinasini kuzatib ketayotganda, masofadan boshqarish moslamasi yordamida yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinada portlovchi moddalar ishga tushirilgan. Favqulodda vaziyat joyiga qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari jalb qilingan. Hodisa oqibatlari o‘rganilmoqda. 

Diyarbakır'da polis servis aracına bombalı saldırı - Son dakika haberleri –  Sözcü

TRT 1 telekanalining favqulodda holat joyidan xabar berishicha, voqea mahalliy vaqt bilan taxminan 04:30da politsiya maxsus bo‘linmasiga tegishli bo‘lgan xizmat avtobusi ketayotgan Diyorbakirga kiraverishda sodir bo‘lgan. Yaradorlar mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Portlash hududi to‘sib qo‘yilgan, aksilterror operatsiyasi olib borilmoqda. 

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning ma’lum qilishicha, politsiya mamlakat janubi-sharqida avtobus portlashini uyushtirgan ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan, natijada sakkiz nafar huquq-tartibot xodimi yaralangan. 

Diyarbakır'da polis aracının geçişi sırasında patlama – DW – 16.12.2022

“Portlashga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ikki kishi qo‘lga olindi”, deb yozdi vazir Twitter’da. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yengil tan jarohatlari olgan, ularga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 05:10 da maxsus kuchlar otryadi bo‘lgan xizmat avtobusi Diyorbakir-Mardin trassasida patrul xizmatiga ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Diyorbakir shahridan chiqayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinada portlovchi qurilma ishga tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing