Turkiyada “Mossad”ning agentlari qo‘lga olindi
Olam
−
21 Oktabr 2021
6856Turkiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Istanbulda Isroil maxsus xizmati “Mossad”ning 15 nafar agent-xabarchilarini hibsga oldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi shahar prokuraturasidagi manbalariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, Istanbul prokuraturasi tergovi doirasida josuslikda ayblanayotgan, Turkiya hududida yashab kelayotgan Falastin va Suriya fuqarolari hibsga olingan. Agentlikning anonim suhbatdoshlari gumonlanuvchilar Isroil razvedkasiga ma’lumot va maxfiy hujjatlarni topshirganini aytishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, josuslik tarmog‘i a’zolari elektron o‘tkazmalar va kurerlar orqali ish haqi olib turgan. Gumonlanuvchilar, allaqachon, sudga tortilgan, so‘ngra Istanbuldagi Maltepe qamoqxonasiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada Eronning josuslik guruhi qo‘lga tushgandi, bundan tashqari, to‘rt rossiyalik, bir ukrainalik va bir O‘zbekiston fuqarosi “shpion”likda ayblanib, hibsga olingandi.
LiveBarchasi