Turkiyada kuchli qor sabab reyslar bekor qilindi, maktablar yopildi (fotoreportaj)

Olam

image

Turkiyaning qator hududlari va aholi zich joylashgan Istanbul shahri so‘nggi yillardagi eng kuchli qor sabab noqulay davrni boshdan kechirmoqda. Joriy yilning 10 mart kuni yog‘ishni boshlagan qor hamon davom etmoqda. 

Bugun, 18 mart kuni Istanbul rasmiylari shahardagi xususiy va davlat maktablaridagi darslar to‘xtatilishi haqida qaror qabul qildi. Yuzdan ortiq parvozlar qoldirildi va fuqarolardan iloji bo‘lsa, uylarini tark etmaslik, shaxsiy transportda sayohat qilmaslik so‘ralmoqda. 

Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, joriy qor o‘tgan haftaga nisbatan kuchliroq bo‘ladi va hafta oxirigacha davom etadi. “Turkish Airlines” ertaga, 19 mart kuniga rejalashtirilgan 100 ga yaqin reysni allaqachon bekor qilgan. 

Malumot uchun, noqulay ob-havo sharoiti sabab o‘tgan hafta “Turkish Airlines” aviakompaniyasi mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda 279 ta reysni bekor qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda joriy yil yanvar oyining oxirida ham kuchli qor yog‘ishi kuzatilgandi. Qor sabab mahalliy va xalqaro parvozlar bekor qilinib, megapolis havo yo‘llari orqali tashqi olamdan uzilib qolgandi. Noqulay ob-havo sabab shaharda qisqa muddatga alohida cheklovlar ham joriy etilgan.








Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing