Qirg‘izistondan qochirilgan O‘rhan Inandini 22,5 yilga qamash so‘raldi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31 may kuni Qirg‘izistondagi “Sapat” (2017 yilgacha “Sebat”) turk-qirg‘iz maktablari tarmog‘ining sobiq rahbari O‘rhan Inandi yo‘qolib qolgandi. Oradan bir oy o‘tib, u Turkiya maxsus kuchlari tomonidan o‘g‘irlanib, Qirg‘izistondan olib chiqib ketilgani ma’lum bo‘lgandi.

Turkiya O‘rhan Inandini FETO terrorchilik harakatining Markaziy Osiyodagi rahbari deb bilinadi. Shu sababdan u sud qilinishi kutilmoqda.

“Anadolu” agentligining xabar berishicha, O‘rhan Inandiga nisbatan “qurolli terror tashkilotini boshqarish” ayblovi e’lon qilingan va jinoyat ishi ochilgan.

Anqara Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasi jinoiy ishlar bo‘yicha navbatchi sudga yuborilgan.

Ayblov xulosasida, Inandiga “qurolli terror tashkilotini boshqarish” ayblovi bilan 15 yildan 22 yil-u 6 oygacha qamoq jazosi talab qilingan.

O‘rhandi Inandi qochirilishi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun kuni Oktyabr tumani IIBga O‘rhan Inandining yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda uning farzandi xabar bergan. U otasi bilan so‘nggi bor 31 may kuni soat 18:00 larda gaplashganini bildirgan. Holat Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 170-moddasi (Odam o‘g‘irlash) alomatlari bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Inandini topish uchun Qirg‘iziston IIV, Bishkek IIBB va Oktyabr tumani IIB tergovchilaridan iborat tezkor guruh tuzilgan. 1 oy davomida butun mamlakat bo‘ylab qidiruv olib borilgan.

Joriy yilning 5 iyul kuni Qirg‘izistonda 1 oydan beri qidirilayotgan O‘rhan Inandi Turkiyada ekani ma’lum bo‘ldi.

Inandi Turkiyada ekani ma’lum bo‘lgach, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Bishkekdagi Turkiya elchisiga nota topshirdi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov esa O‘rhan Inandini qaytarish talab qilinishini ma’lum qildi.

O‘z navbatida Bishkekda O‘rhan Inandini qaytarishni talab qilib, namoyish o‘tkazilgan. Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u Keneshi deputatlari esa Inandining turk maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlanishi sababli mamlakat chegara xizmati raisi Ularbek Sharsheyevning iste’fosini talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'rhan Inandi

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar