Turkiyada fohishalikka majburlangan ikki o‘zbekistonlik ayol qutqarildi
3-sahifa
−
12:49 1584 2 daqiqa
Turkiyaning Baliqesir viloyati Ayvalik tumanida politsiya tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, vositachilik qilgani aniqlangan 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan 3 nafar chet el fuqarosi bo‘lgan ayollar qutqarildi. Ular orasida o‘zbekistonlik ayollar ham bor. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida sudga yuborilgan 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan bo‘lsa, ozod etilgan 3 nafar ayol deport qilish uchun Deportatsiya markaziga topshirilgan
Qayd etilishicha, Ayvalik tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari fohishalikka vositachilik qilib, ayollarni jinsiy aloqaga majburlagan gumonlanuvchilarga qarshi ish boshlagan. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan texnik va jismoniy kuzatuvdan so‘ng, uch nafar gumonlanuvchi ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Qirg‘iziston fuqarosini fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun joy ta’minlab bergani aniqlangan. Gumonlanuvchilar ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘ladigan shaxslarni manzillaridan olib, yana qaytarib olib borib, ularning transportini ta’minlagani ham aniqlangan.
Zarur dalillar va ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng, huquq-tartibot organlari tomonidan gumonlanuvchilarga nisbatan operatsiya o‘tkazilgan. Ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, vositachilik qilgani aniqlangan gumonlanuvchilar va fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan 3 nafar ayol ushlangan.
Gumonlanuvchilar va fohishalikka majburlangan ayollarning tintuv vaqtida qo‘lga kiritilgan pul mablag‘lari va jinoyat sodir etishda foydalanilgan deb baholangan uyali telefonlari musodara qilingan. Fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar tartib-qoidalardan so‘ng deport qilish uchun Deportatsiya markaziga topshirildi. Ayollarni fohishalikka majburlagani aniqlangan 3 nafar gumonlanuvchi hibsga olingan.
Live
Barchasi