Turkiyada dunyodagi eng katta markaziy ko‘prik ochildi

Olam

image

Kecha, 18 mart kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida dunyodagi eng uzun markaziy osma ko‘prikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Dardanel yoki Chanoqqal’a nomi bilan ataluvchi bo‘g‘oz orqali o‘tgan ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi. Yangi ko‘prik “1915 yil ko‘prigi” nomini oldi. 

2017 yilning 18 martidan beri qurilishi davom etayotgan yangi ko‘prik 2023 metr bilan dunyodagi eng uzun markaziy masofaga ega. 

Ko‘prikning markaziy oraliqlari hozirgi jahon rekordini yangiladi – Yaponiyadagi Akasi-Kaykyo ko‘prigining uzunligi 1991 metr do‘lib, Dardanel bo‘g‘ozi ustidagi olti polosali (har bir yo‘nalishda uchtadan) osma ko‘prikning umumiy uzunligi 4608 metrga yetadi. 

Turkiya va Yevropadagi ko‘plab transport kompaniyalari o‘z yo‘nalishlarini yangi ko‘prik orqali o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Gretsiya va Bolgariya bilan chegaradan Turkiyaning bir qator qishloq xo‘jaligi va sanoat hududlariga o‘rtacha quruqlik yo‘lini kamida 200-300 km ga qisqartiradi.

Yangi transport yo‘nalishi turizm rivojiga salmoqli hissa qo‘shadi,  Turkiyaning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismidan tovarlar yetkazib berilishi,  Osiyo va Yovropa o‘rtasida transport qatnovini osonlashtiradi.

Ma’lumot uchun, 18 mart kuni Turkiya Birinchi jahon urushining eng yirik va qonli janglaridan biri bo‘lgan Chanoqqal’a jangidagi g‘alabaning 107 yilligini nishonladi.

Dardanel yoki Chanoqqal’a bo‘g‘ozi Turkiyadagi dunyoning Yevropa va Osiyo qismlari o‘rtasidagi bo‘g‘ozdir. U Egey dengizini Marmar dengizi bilan bog‘laydi, Bosfor bo‘g‘ozi bilan esa Qora dengizni bog‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

642

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing