Turkiyada dahshatli yong‘in: hashamatli “dom” yondi (video)

Olam

image

Bugun, 28 aprelga o‘tar kechasi Turkiyaning Izmir shahridagi hashamatli turar-joy majmuasida kuchli yong‘in sodir bo‘lib, aholi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Hürriyet” xabar berdi.

Aytilishicha, yong‘in Yenikale tumanidagi 40 qavatli binoning sakkizinchi qavatidan chiqqan va qisqa fursatda binoni qamrab olgan. Binodan bir necha marta portlash ovozlari ham eshitilgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va politsiya guruhlari yetib kelgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida yetti kishi jarohatlangan, ularning ko‘pchiligi karbon monoksitni yutgan. Yoshlar va sport vaziri Mehmet Kasapog‘lu esa ba’zi odamlar vahima tufayli kvartiralarning derazalaridan sakrab, jarohatlanganini aytgan.

O‘t o‘chiruvchilar yetti soatdan so‘nggina yong‘inni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan, uni o‘chirish uchun 25 ekipaj, shuningdek, Anqara va Aydindan vertolyotlar jalb qilingan. Izmir gubernatori Selim Keshger qurbonlar yo‘qligini, biroq kirish joyi butunlay yonib ketganini ma’lum qilgan.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan, Izmir Bosh prokuraturasi bu bo‘yicha tergovni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya Izmir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing