Turkiyada avtobus halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Turkiyaning markaziy qismidagi Yozgat viloyatida yo‘lovchi avtobusining halokatga uchrashi oqibatida 12 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda DHA agentligi xabar berdi.

Sorg‘un aholi punkti yaqinidagi uchastkalardan birida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarshi chiziqqa chiqib ketgan va 20 metr balandlikdan qulagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, 12 kishi halok bo‘lgan. 

Yozgat hokimi Mehmet Ali O‘zkanning aniqlik kiritishicha, rasmiylar avariya haqidagi xabarni 20 avgust kuni soat 23:52 da olgan. 

“Afsuski, baxtsiz hodisa yuz berdi, bu haqda bizga soat 23:52 da xabar keldi. Yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab, fuqarolarimizning o‘limi munosabati bilan hamdardligimizni bildiramiz”, deydi u.

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya, tez tibbiy yordam va politsiya yetib kelgan. Jabrlanganlar Yozgat va Sorg‘un shahar shifoxonalariga yetkazilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi. Hozirda prokuratura va tergovchilar tomonidan voqea holatlari va sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Antaliya shahrida sayyohlik mikroavtobusi va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 12 kishi tan jarohati olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Turkiya avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made