Turkiyada avtobus ishtirokidagi YTHda 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 30 may kuni Turkiya janubi-g‘arbida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda “BirGün” gazetasi xabar berdi.

“Izimir – Antalya yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Pamukkale Turizm” kompaniyasiga tegishli avtobus Denizli – Aydin avtomagistralida yo‘l to‘sig‘iga borib urilgan va yonib ketgan”, deyiladi xabarda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, avariya Denizli viloyatining Sarayko‘y tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 30 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

“BirGün”ning qayd etishicha, YTH joyida favqulodda xizmatlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlashda davom etmoqda. Avariya sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiya shimolidagi Flandriya hududida joylashgan Buggenhaut shahri yaqinidagi temir yo‘l kesishmasida maktab mikroavtobusi poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida to‘rt kishi, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing