Turkiyada avtobus ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Turkiyada yo‘lovchi tashuvchi avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TRT Haber” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 yanvar kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ag‘darilib ketgan. Oqibatda besh kishi halok bo‘lib, 22 kishi tan jarohati olgan.

“Avtohalokat mamlakatning janubi-sharqidagi Diyorbakir-Silvan magistral yo‘lining 65-kilometrida yuz bergan. Oqibatda 5 kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

Voqea joyiga ko‘plab tez yordam, qutqaruvchilar va politsiyachilar yuborilgan. Jabrlanganlar eng yaqin kasalxonalarga yetkazilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing