Turkiyada avtobus halokatida 6 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
26 yanvar 2024 4778 1 daqiqa
Turkiyaning Kastamonu shahrida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Turkiye” gazetasi va IHA axborot agentligi xabar berdi.
Baxtsiz hodisa Alatarla qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchisi qor tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.
Voqea joyiga ko‘plab jandarmeriya, o‘t o‘chirish brigadasi va tibbiyot guruhlari jo‘natilgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.
NTV xabariga ko‘ra, avtobus “Türkay Turizm” shirkatiga tegishli.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr